Toshkent moliya instituti “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tutgan o‘rni” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

Respublika miqyosidagi konferensiyalar
Axborot xati in english Axborot xati uzbek tilida Axborot xati на русском   AXBOROT XATI Toshkent moliya instituti “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tutgan o‘rni” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz! Konferensiya o‘tkazilish muddati va joyi: 2023-yil 23-noyabr kunlari Toshkent moliya instituti (onlayn va offline formatda). Konferensiya tili: o‘zbek, rus, ingliz tillari. Konferensiyaga qabul qilingan har bir tezislar http://konferensiya.tfi.uz saytiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi! Har bir maqola va tezis uchun alohida DOI raqam olinadi! Konferensiya ishtirokchilariga online sertifikat pdf varianti taqdim etiladi! Konferensiya materiallari to‘plam holatida elektron va bosma nashr etiladi!   Anjuman sho‘balari
  1. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda axborot texnologiyalari;
  2. Internet – buyumlar IoT;
  3. Iqtisodiyotda sun’iy intellekt texnologiyalari;
  4. Katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash;
  5. Moliya-bank sohasida telekommunikatsiya texnologiyalari;
  6. AKT sohasida iqtisodiyotni raqamlashtirish;
  7. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari;
  8. Raqamli iqtisodiyotni modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari.
  • Konferensiya ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari
Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishi – raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari. Innovatsion  iqtisodiyotni  shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llash bo‘yicha respublika olimlarining ilmiy izlanishlarini muhokama qilish. Konferensiyaning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida innovatsion texnologiyalarni har tomonlama qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan davlat islohotlari hamda istiqbol yo‘nalishlarini aniqlash, bu borada amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlash. Respublikamiz olimlarining bu sohada olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha tajriba almashish va yosh olim hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan.
  1. Muhokama qilinadigan muammolar:
Mazkur respublika ilmiy-amaliy konferensiyada qo‘yidagi muammolar muhokama qilinadi:
  • iqtisodiyotni raqamlashtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni rivojlantirishning asosiy jabhalari;
  • innovatsion iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari;
  • raqamli iqtisodiyotni modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari.
Konferensiyani o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi: shaxsiy kompyuter, elektron proyektor va zaruriy dasturiy ta’minot. Taqdimotlar Power Point dasturida tayyorlanishi kerak. Konferensiya materillariga qо‘yiladigan talablar Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak. Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
  • Maqola nomi, annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim;
  • Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm xoshiyaga ega boʻlishi kerak;
  • Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlchamida, 1,15 intervalda boʻlishi va 3-5 bet hajmda boʻlishi lozim.
Maqolalar qabuli Maqola va tezislar 2023-yil 13-oktyabrga qadar j_baltayev@tfi.uz internet manzili orqali qabul qilinadi. ESLATMA! KONFERENSIYA INSTITUTNING VEB-SAYTIGA MAQOLA YUKLANGANDAN KEYIN ELEKTRON POCHTA XABARLARIGA OGOH BOʻLING. AGAR SIZGA QAYTA YUKLASH HAVOLASI JO‘NATILSA, MAQOLANI TUZATISHLAR BILAN YUKLASHINGIZNI SO‘RAYMIZ. Maqola konferensiya dasturiga kiritilganligi haqidagi ma’lumot muallifga 2023-yil 25-oktyabrgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi. To‘plamni nashr etish, anjumanni tashkil etish hamda maqolalarga DOI raqam olib xalqaro bazalarga joylash xarajatlarini qoplash uchun har bir maqola uchun 75 000 so‘m to‘lov olinadi. Mas’ul xodimlar: Baltayev Jo‘shqin Boltabayevich,                tel.: (998-99) 885-84-43 Kamalov Shuxrat Kamalovich,                    tel.: (998-97) 776-33-50 Arziqulov Sunnatillo Daniyorovich,            tel.: (998-90) 937-86-22 Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi 60A, Toshkent moliya instituti

Tags :

Respublika miqyosidagi konferensiyalar

Share This :

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan